Kecha va bugun poytaxt va unga yondosh halqa yo‘li bo‘ylab qator gaz to‘ldirish shoxobchalari soat 15:00dan keyin avtomobillarga gaz quyishni to‘xtatishdi.
Gazzapravkalar xizmatchilari o‘zaro suhbatlarda soat 06:00dan 15:00ga qadar ishlash tartibi belgilanganini qayd etishmoqda.
Mahalliy hokimiyat va Energetika vazirligi tomonidan bu borada rasmiy ma’lumot ochiqlangani yo‘q.