Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Portugaliyalik mashhur mutaxassis JCH-2026 ishtirokchisining yangi bosh murabbiyiga aylandi

Portugaliyalik mashhur mutaxassis JCH-2026 ishtirokchisining yangi bosh murabbiyiga aylandi

Gana futbol assosiasiyasi JCH-2026 oldidan portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi.

73 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi O‘mon terma jamoasi bo‘lib, u yerni shu yilning mart oyida tark etgan edi. Bungacha Keyrush Qatar, Eron, Misr, Kolumbiya, Portugaliya, JAR, Saudiya Arabistoni va BAA terma jamoalarini boshqargan. Shuningdek, u Madridning «Real», Lissabonning «Sporting» klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan va «Manchester Yunayted»da Aleks Fergyuson shtabidan joy olgan.

Keyrush Gana terma jamoasida Otto Addoni almashtirdi. Addo o‘rtoqlik uchrashuvlarida Avstriya va Germaniyadan qabul qilingan mag‘lubiyatlardan so‘ng iste’foga chiqarilgan edi.

JCH-2026da Gana terma jamoasi «L» guruhida Angliya, Xorvatiya va Panama bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: Bugun 09:39. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!