Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Pompeo Turkiyani Tog‘li Qorabog‘dagi urushni qo‘llayotganlikda aybladi

Pompeo Turkiyani Tog‘li Qorabog‘dagi urushni qo‘llayotganlikda aybladi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Turkiyani Tog‘li Qorabog‘da davom etayotgan urushga o‘t qalayotganlikda ayblamoqda. Pompeo Trukiyaning Ozarbayjonga qurollarni yetkazib berishi urushni kuchaytirayotganini ta’kidlagan.

Ozarbayjon va Armaniston juma kuni ham bir-birlariga o‘t ochishgan bo‘lib, bu holat uch haftadan beri davom etib kelayotgan ushbu mojaroni tugatishga bo‘lgan umidlarni so‘ndirmoqda.

Mayk Pompeoning aytishicha, Turkiya Ozarbayjonni resurslar bilan ta’minlash orqali mojaroni yanada keskinlashtirmoqda. U ayni paytda ozarlar va armanlar o‘rtasida diplomatik qaror qabul qilinishi kerakligini ta’kidlar ekan, uchinchi tomon davlatlari o‘zlarining harbiy kuchlarini qarzga berish orqali allaqachon keskin ziddiyatga aylangan hozirgi holatni yanada yomonlashtirmasliklari kerakligini ta’kidladi.

Turkiya bu yili Ozarbayjonga harbiy qurollarni yetkazib berishni olti martaga oshirgan. Turkiya Armanistonni Ozarbayjon yerlarini noqonuniy tarzda egallab olganlikda ayblaydi.

Xalqaro qonunlarga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjonga tegishlidir. Lekin, bu yerning ko‘pchilik aholisini armanlar tashkil qiladi va aynan ular mazkur hududni nazorat qiladilar.

Kiritildi: 17:20 17.10.2020. O'qildi: 2030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!