Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Pomidor va qalampir taqiqi: Rossiya cheklovlarni qisman bekor qildi

A A A
Pomidor va qalampir taqiqi: Rossiya cheklovlarni qisman bekor qildi

Rosselxoznadzor” 18 dekabrdan boshlab Rossiya Federasiyasi hududiga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan yettita korxonadan pomidor va qalampirni olib kirishga ruxsat berdi, ularning mahsulotlarida YEOIIga a’zo-davlatlar uchun karantin ob’ektlari mavjud emas, shuningdek, 2020 yilda pomidor mevalaridagi jigarrang burushiqlik virusi aniqlanmadi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan respublikaning ko‘rsatilgan mintaqasidagi ishlab chiqarish maydonlarini o‘rganish va issiqxonalar holatini tahlil qilish natijalari to‘g‘risida ma’lumot asosida qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Rosselxoznadzor 26 noyabr kuni  Farg‘ona viloyati va 4 dekabr kuni Navoiy viloyatidan Rossiyaga olib kelinadigan pomidor va qalampirlarga ham taqiq qo‘ygandi. 11 dekabrdan esa Qashqadaryo viloyatidan olib kelinadigan pomidor va qalampirga taqiq kiritdi.

Kiritildi: 09:30 19.12.2020. O'qildi: 2481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!