Rossiya qurolli kuchlarining Ukrainaning Poltava shahriga uyushtirgan hujumlari natijasida 2 kishi halok bo‘ldi, 59 kishi yaralandi.
Bu haqda Ukraina OAVlari xabar bermoqda.
Voqea joyida maxsus xizmatlar ishlamoqda.
Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi zarba natijasida Poltava birlashgan shahar hududiy ishga qabul qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi binosida yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edi.
Bundan tashqari, hududiy ishga qabul qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi binosi yaqinida joylashgan xususiy turar-joy binosi hududida yong‘in sodir bo‘lgan.
"Bizda hozirda ikki kishining o‘limi va yana 59 kishi jarohatlangani haqida ma’lumot bbor", — deyiladi xabarda.