Ukraina Qurolli Kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan bir dron Poltava shahar teritoriyaviy to‘plash markazi binosiga hujum qildi. Hujum natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, kamida 11 kishi yaralandi.
Boshqa bir hujum Rossiya harbiylari tomonidan Odessa shahriga qilindi. Joylarda mahalliy hokimiyat manbalariga ko‘ra, besh kishi jabrlandi, ular orasida yetti yoshli o‘g‘il bola va to‘qqiz yoshli qiz bola bor. Ular tutun gazidan zaharlanish sababli shifoxonaga yotqizildi. Hujum oqibatida ko‘p qavatli turmush xonadonlari jiddiy zarar ko‘rdi, binodan aholi evakuasiya qilindi.
Ukraina Qurolli Kuchlari esa Rossiya hududida dronlar bilan javob hujumi amalga oshirdi. Lipesk shahrida Ukraina BPLA parchalari xususiy uyga tushdi — 1954 yilda tug‘ilgan ayol halok bo‘ldi, deb xabar berdi Lipesk gubernatori Igor Artamonov.
Shuningdek, Lipesk viloyati Yeles shahridagi bir korxona hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Rossiya OAVlari bu zavod “Energiya” zavodi ekanini xabar qilishmoqda, u dronlar uchun akkumulyatorlar, shuningdek aviasiya va flot uchun batareyalar ishlab chiqaradi. Hujum guvohlari dronlardan biri zavod yaqiniga tushgani va zavodda yong‘in boshlanganini ko‘rsatuvchi videolarni e’lon qilishdi.