Bu haqda Polsha armiyasi bosh shtabi boshlig‘i general Veslav Kukula ma’lum qildi, deya yozmoqda Rzeczpospolita nashri.
"Dushman urushga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Ular Polshada o‘zlariga kerakli vaziyatni yaratmoqda. Bundan maqsad hukumat, Qurolli kuchlar va polisiya kabi muhim institutlarga nisbatan jamoatchilik ishonchini yo‘qotish va Polsha hududiga potensial tajovuz uchun qulay sharoitlar yaratishdir", — dedi Kukula.