Bugun 5 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Polshada Rossiya fuqarosi ham bo‘lgan olti kishi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi

A A A
Polshada Rossiya fuqarosi ham bo‘lgan olti kishi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi

Polsha Ichki xavfsizlik agentligi mamlakatga qarshi faoliyat yuritgan uyushgan guruhga aloqadorlikda gumonlanayotgan olti kishini qo‘lga oldi. Ular orasida 25–52 yoshli besh nafar Polsha fuqarosi va 37 yoshli Rossiya fuqarosi bor.

Polsha maxsus xizmatlari koordinatori Tomash Semonyakning ma’lum qilishicha, to‘rt nafar gumonlanuvchi qamoqqa olingan, qolgan ikki nafariga esa qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh Rossiyaga o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ tizimlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan harbiy materiallarni noqonuniy yetkazib berish bilan shug‘ullangan.

Kiritildi: Bugun 16:11. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!