Polsha sharqidagi Lyublin shahrida Ikkinchi jahon urushidan qolgan havo bombasi topildi va 3000 nafar aholi evakuasiya qilindi.
Bu haqda Polsat telekanali ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, portlamagan o‘q-dorilar payshanba kuni kechqurun qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtda topilgan. Yetib kelgan sapyorlar xavfli kashfiyotni to‘sib qo‘yishdi va shahar hokimiyati juma kuni ertalab yaqin atrofdagi oltita ko‘cha aholisini evakuasiya qildi.
Yaqin soatlarda portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar turi nomi aytilmagan o‘q-dorilarni zararsizlantirishga kirishadi.