Polsha Qo‘shma Shtatlar bilan havo kuchlari qiruvchi samolyotlari uchun AIM-120C AMRAAM raketalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi, deb xabar qildi juma kuni milliy qurol agentligi. Polsha harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari uchun mo‘ljallangan ushbu raketalarni yetkazib berish 2029-2033 yillar oralig‘ida amalga oshiriladi. Shartnomaning umumiy qiymati 855 million dollarni tashkil etadi.
Polsha qurolli kuchlarini modernizasiya qilish qarori Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirishi ortidan tezlashdi. Mamlakat 2024 yilda yalpi ichki mahsulotining 4 foizidan ko‘prog‘ini mudofaaga ajratadi, bu NATO maqsadidan ikki baravar ko‘p.
Polsha harbiy-havo kuchlari allaqachon ilg‘or Amerika F-16 qiruvchi samolyotlariga ega. Bundan tashqari, Varshava asosan AQSh va Janubiy Koreya bilan qurol yetkazib berish bo‘yicha bir qator shartnomalar imzolagan.