Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga blokka qo‘shilish uchun yillar kerak bo‘ladi.
"Evropa qonunchiligi yuki va integrasiya jarayoni tobora kengayib va chuqurlashib bormoqda. Bizning faqat texnik muzokaralarimizning o‘zi 7 yil davom etgan. Ukraina tayyor ekaniga ishonch hosil qilishimiz kerak", — dedi Sikorskiy.
Shuningdek, hozirda Kiyev va Varshava o‘rtasida UQK bo‘linmalaridan biriga "Ukraina isyonchilar armiyasi qahramonlari" nomi berilgani sababli ziddiyat mavjud.