Polsha 2025 yilda Ukraina uchun kreditlar bo‘yicha foizlar sifatida 26 million yevro to‘laydi, deb xabar berdi Seym a’zosi Gjegoj Plachek ijtimoiy tarmoqda.
Plachek Moliya vazirligiga parlament so‘rovi yubordi va Kiyev Yevropa Komissiyasidan qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlarni to‘lashda yordam so‘ragani haqida javob oldi.
Polsha o‘z ulushini 25,9 million yevro miqdorida to‘laydi, to‘lovlar har chorakda Varshava tomonidan amalga oshiriladi va 2027 yilga qadar davom etadi.
Gjegoj Plachek e’tirozi: “Shunday qilib, tez o‘sib borayotgan byudjet tajchilligi va davlat qarzini hisobga olsak, biz, polshalik soliq to‘lovchilar, kelgusi yillar davomida Ukraina qarziga hissa qo‘shamiz? Bu mamlakatda kimdir aqldan ozganmi? Bu aniq anti-Polsha ritorika!”