Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Polsha Turkiyani Yevropa armiyasiga taklif qiladimi?

 Polsha Turkiyani Yevropa armiyasiga taklif qiladimi?

Polsha bosh vaziri Donald Tusk Anqaraning Yevropa xavfsizligidagi ishtirokini muhokama qilish uchun kelasi hafta Turkiyaga borishini ma’lum qildi.

“Hamma narsa Turkiyaning bunga tayyor ekanligidan dalolat beradi”, - dedi Tusk va muhokamalarda Anqaraning Yevropa Ittifoqi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlaridagi ishtirokini oshirish yo‘llari muhokama qilinishini qo‘shimcha qildi.

Bu haqda Polsha hukumati rahbari parlament quyi palatasi a’zolariga murojaati chog‘ida ma’lum qilindi. Donald Tusk o‘z nutqi davomida Yevropa va Polsha xavfsizligi borasida ham o‘z xavotirlarini bildirdi.

Shu hafta boshida Donald Tusk “Evropa davlatlari, Turkiya va Kanada Rossiya bilan tinchlik muzokaralari uchun aniq va tizimli strategiya ishlab chiqishi kerak”, deb aytgan edi.

Kiritildi: 13:50 10.03.2025. O'qildi: 1263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!