Bunga avvalroq mamlakat bosh vazir Donald Tusk tomonidan Rossiyani 2024 yil may oyida Varshavadagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in uchun ayblagani sabab bo‘ldi.
"Marywilska savdo markaziga Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan sharmandali diversiya amaliyoti yuzasidan dalillar mavjud bo‘lgani sababli, men Rossiya Federasiyasining Krakovdagi konsulxonasi faoliyatiga berilgan ruxsatni bekor qilishga qaror qildim", — deb yozdi Sikorskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.
Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Polshaning mazkur qarorni "noo‘rin harakat" deb atadi va Moskva bunga tegishli javob qaytarishini bildirdi.