Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Polsha qrim tatarlari deportasiyasini genosid deb tan oldi

A A A
Polsha qrim tatarlari deportasiyasini genosid deb tan oldi

Polsha parlamenti 1944 yilda qrim tatarlarining deportasiya qilinishini genosid akti deb tan olgan rezolyusiyani qabul qildi, deya xabar berdi TRT. Qaror mutlaq ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi: 414 nafar deputat yoqlab, 16 nafari qarshi ovoz berdi, ikki nafari betaraf qoldi.

“1944 yil 18 may kuni ertalab Sovet Ittifoqi hukumati qrim tatarlarini Qrim yarim orolidan deportasiya qilishni boshladi, bor-yo‘g‘i uch kun ichida 200 mingga yaqin odamni O‘rta Osiyo va Sibirga majburan ko‘chirdi”.

Polsha qonunchilari Rossiyaning 2014 yilda Qrimni anneksiya qilganini ham qoralab, buni xalqaro huquq va BMT Nizomini “qo‘pol ravishda buzish” deb atadi.

“1944 yilda qrim tatarlarining Qrimdan deportasiya qilinishi qrim-tatar xalqiga qarshi genosid akti edi”, — deyiladi hujjatda.

Polsha Kanada, Ukraina, Latviya va Litvadan keyin qrim tatarlarining deportasiyasini genosid deb tan olgan beshinchi davlat bo‘ldi.

Tarixiy ma’lumotlar: 1944 yil 18 mayda Iosif Stalin boshchiligidagi sovet rejimi o‘n minglab qrim tatarlarini nasistlar bilan hamkorlikda ayblab, Markaziy Osiyoga surgun qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, deportasiya qilinganlarning deyarli yarmi surgunning og‘ir sharoitlarida ochlik va kasallikdan vafot etgan.

Kiritildi: 12:33 13.07.2024. O'qildi: 3638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!