Evrokomissiya rasmiy saytida e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan boshlab Polsha Rossiyaning biometrik chipga ega bo‘lmagan xorijiy pasportlarini tan olishni to‘xtatadi. Bunday pasportga ega rossiyaliklar Polshaga kiritilmaydi.
Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan boshlab Polsha biometrik chipsiz diplomatik va xizmat pasportlarini ham tan olmaydi.
2025 yilga kelib, bir necha Yevropa davlatlari biometrik chipsiz pasportga ega rossiyaliklarni o‘z hududiga kiritishni to‘xtatgan, ayrim hollarda yashash ruxsatnomasiga egalar uchun istisnolar mavjud. Bu davlatlar qatoriga Litva, Latviya, Estoniya, Fransiya, Chexiya, Daniya va Islandiya kiradi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab ushbu ro‘yxatga Ruminiya va Germaniya ham qo‘shilishi kutilmoqda.