Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Polsha Latviya kabi Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini taqiqlashi mumkin

A A A
 Polsha Latviya kabi Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini taqiqlashi mumkin

Polsha Latviya kabi Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini taqiqlashi mumkin — Polsha bosh vaziri.

"Latviya Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga embargo joriy etishga qaror qildi. Biz Latviyadagi vaziyatni tahlil qilamiz va men Polsha ham xuddi shunday tashabbus bilan chiqishini istisno etmayman", — deya ta’kidladi mamlakat bosh vaziri Donald Tusk.

Hukumat bu masalani norozilik bildirayotgan fermerlar bilan uchrashuvda muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23 fevral kuni Latviya Rossiya va Belarusdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va chorva ozuqalarini olib kirishni taqiqlagan edi.

Kiritildi: 17:47 02.03.2024. O'qildi: 1582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!