"Bu jarayondan Polsha davlati va kompaniyalari daromad oladi. Biz yordam berishda davom etamiz. Polsha — birdamlik timsoli, ammo endi soddadil emasmiz. Masalan, boshqalar Ukrainani tiklash jarayonidan foyda ko‘radi. Biz ukraina xalqi bilan birdamligimizni namoyish etami, yordam ko‘rsatamiz va bundan daromad ham olamiz. Biz o‘z manfaatlarimizni va Polsha kompaniyalarining manfaatlarini qat’iy himoya qilamiz", — deya ta’kidladi Tusk.
U, shuningdek, Polshaning Slavkuv shahridagi terminal Ukrainani urushdan keyin tiklash jarayonida “logistika va transport nuqtayi nazaridan muhim hudud” bo‘lishini qo‘shimcha qildi.