Evropa Ittifoqi Polshaga Rossiya Federasiyasi va Belarus bilan chegaralarini himoya qilish uchun 52 million yevro ajratdi.
Bu haqda Polsha bosh vaziri devoni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
"Polsha Yevropa Ittifoqi chegaralarini himoya qilish uchun 52 million yevro oladi.
Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Finlyandiya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari tashqi chegaralarini Rossiya va Belarusdan himoya qilish uchun 170 million yevro ajratilishini ma’lum qilgandi.