Polsha aviasiya navigasiyasi xizmati (PANSA) xabariga ko‘ra, Belarus va Ukraina bilan chegarada parvozlar 2025 yil 10 centyabrdan 9 dekabrgacha cheklangan.
PANSA bayonotida ta’kidlanishicha, bu cheklov davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda. Cheklov qo‘yilgan hududda fuqarolik dronlarining parvozi mutlaqo taqiqlanadi. Tunda bu hududda faqat harbiy samolyotlar, kunduzi esa parvoz haqida Polsha hukumatini oldindan ogohlantirgan havo kemalari uchishi mumkin. Cheklovlar tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarda, jumladan, shoshilinch yordam ko‘rsatadigan havo kemalariga tatbiq etilmaydi.