Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Polkovnik Shohrux G‘iyosov IIVning yangi matbuot kotibi etib tayinlandi

Polkovnik Shohrux G‘iyosov IIVning yangi matbuot kotibi etib tayinlandi

Polkovnik Shohrux G‘iyosov O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — ichki ishlar vazirining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori hisoblangan polkovnik G‘iyosov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996 yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.

«Shohrux G‘iyosov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan», — deyiladi IIV axborotida.

Oldinroq IIVning avvalgi matbuot kotibi general mayor Qutbiddin Burhonov Adilya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimiga o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Burhonov ketgach, shu vaqtgacha uning o‘rinbosari bo‘lgan podpolkovnik To‘lagan Abdullayev Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimini vaqtincha bajarib turgan edi.

Kiritildi: 20:25 10.10.2019. O'qildi: 6361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!