Nashrning yozishicha, Tramp Oq uy vakillariga Xitoy amaldorlari bilan savdo mojarosiini hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishga vakolat bermagan. Bundan tashqari, AQSh Senati hali Xitoydagi elchini tasdiqlamagan, Tramp ma’muriyati esa Pekin bilan muzokaralar uchun mas’ul shaxsni tayinlamagan va Oq uy Xitoy elchixonasi bilan muzokaralar yuzasidan bog‘lanmagan.
"Bularning barchasi yaqin kelajakda muammoni hal qilish ehtimolini xavf ostiga qo‘ymoqda. Yopiq kanallar ishlamayapti, chunki prezident Tramp buni xohlamaydi. Qo‘shma Shtatlar Xitoy raisi Si Jinpn bilan ham, xuddi Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bo‘lganidek, bevosita ish olib borishni xohlaydi", — deya fikr bildirdi Barak Obama davrida Milliy xavfsizlik kengashida Xitoy, Tayvan va Mongoliya masalalari bo‘yicha direktor lavozimida ishlagan Rayan Hass.