Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Politico: Tramp kelishuv uchun Eron bilan murosaga borishga tayyor

Politico: Tramp kelishuv uchun Eron bilan murosaga borishga tayyor

AQSh Prezidenti Donald Trampning «barcha qartalar mening qo‘limda» degan bayonotlariga qaramay, kelishuvga erishish uchun u ba’zi yon berishlarga majbur bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Politico» nashri o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

«Menimcha, u ko‘proq murosalarga tayyor, chunki bu jarayonga tezroq nuqta qo‘yishni juda istaydi», — dedi nashrga muzokaralar borishidan xabardor Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan birining yuqori lavozimli vakili.

Maqolada ta’kidlanishicha, Tramp «muloqotga jiddiy bel bog‘lagan», biroq Eron hozircha AQSh Prezidentiga o‘z «obro‘sini saqlab qolgan holda» kelishuvga kirishish imkonini beradigan shartlarni taklif qilgani yo‘q.

Kiritildi: 11:45 17.04.2026. O'qildi: 686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!