Polisiya xodimlari Yerevanda bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilgan namoyishchilarni hibsga olishni boshladi.
Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Namoyish tashkilotchilari bir kun avval fuqarolarni Moskva vaqti bilan soat 06:00 dan 10:00 gacha ko‘chalarni to‘sib, poytaxtdagi transport harakatini falaj qilishga chaqirgan edi.