Al-Jazeera: Sialkot shahrida nizoli chegara yaqinida juda kuchli janglar bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumotlar olinmoqda.
So‘nggi 48 soat ichida Pokiston kamida 77 ta dronni urib tushirganini ham ma’lum qildi.
Lahor va Karachi aholisi so‘nggi bir necha soat ichida aholi zich joylashgan hududlar yaqinida portlash ovozlarini eshitganini xabar qilgan.
Xavotirli jihati shundaki, bu voqealar ikkala mamlakatning fuqarolik hududlarida sodir bo‘lmoqda.
Vaziyatni yumshatish yo‘llarini topish uchun AQSh davlat kotibi, shuningdek, Eron va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari tomonidan sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Biroq Pokiston hujumga javoban chora ko‘rishi zarurligini va bu holatda jim tura olmasligini ta’kidladi.