Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Pokistonga xavfsizlik masalalarida yordam bera olamiz — “Tolibon”

A A A
Pokistonga xavfsizlik masalalarida yordam bera olamiz — “Tolibon”

Afg‘onistonda “terrorchi” guruhlar borligi haqidagi xavotirlardan so‘ng “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid xavfsizlik masalalarida Pokiston yordam bera olishlarini aytdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Mujohid Afg‘oniston muvaqqat hukumati Pokiston xavfsizligi masalalarida o‘z kuchi va imkoniyatlariga qarab chora ko‘rishini bildirdi.

“Pokiston ichidagi xavfsizlik masalasiga kelsak, qo‘limizdan kelganini qilamiz. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, mamlakat ichki chegarasini kesib o‘tishga yordam bera olmasligimizni pokistonliklar biladi, chunki bu ularning shaxsiy mas’uliyati”, — dedi u.

O‘z navbatida, Pokiston har doim terroristik guruhlar, xususan, “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” Afg‘oniston hududidan mamlakatga qarshi foydalanayotganini da’vo qilib keladi. Bunga javoban Mujohid Afg‘oniston tuprog‘idan qo‘shni davlatlarga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligini aytdi.

Kiritildi: 08:23 25.09.2023. O'qildi: 1781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!