Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pokistonda yuz bergan portlashda uch kishi halok bo‘ldi

Pokistonda yuz bergan portlashda uch kishi halok bo‘ldi

Seshanba kuni Pokistonning janubi-g‘arbidagi Balujiston viloyatida sodir etilgan portlashda uch polisiyachi halok bo‘ldi, 19 nafari yaralandi.

Bu haqda Sinxua agentligi mahalliy polisiyadagi manbalar xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, voqea Mastung tumanida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxslar masofadan boshqariladigan portlovchi moslamani motosiklga o‘rnatib, polisiya yuk mashinasi o‘tib ketayotganda uni ishga tushirgan.

Yaradorlar yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan. Bir necha kishining ahvoli og‘ir.

Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Kiritildi: 16:13 15.04.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!