Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Pokistonda Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi

Pokistonda Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidanning ma’lum qilishicha, hozirda Turkiya, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Misr vakillari AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi davom etayotgan urushni tinch yo‘l bilan hal etish uchun uchrashuv tashkillashtirishni muvofiqlashtirmoqda.

"Dastlab sammit Turkiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo keyinchalik Pokiston poytaxti Islomobodga ko‘chirildi. Chunki hozirgi paytda pokistonlik rasmiylar o‘z mamlakatida qolishga majbur. Ehtimol, biz u yerda shu dam olish kunlari uchrashamiz", — dedi Turkiya TIV rahbari.

Pokistan Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni, Misr va Turkiya tashqi ishlar vazirlari joriy yilning 29–30 mart kunlari Islomobodga tashrif buyuradi.

"Mazkur tashrif davomida tashqi ishlar vazirlari qator masalalar, jumladan, mintaqadagi keskinlikni kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlar yuzasidan muhokamalar olib boradilar", deyiladi Pokiston TIV bayonotida.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!