Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatining Kurram tumanidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida kamida 4 nafar konchi tan jarohati oldi, 2 kishi bedarak yo‘qoldi.
Bu haqda «Express Tribune» nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea 28 aprel kuni tumanning markaziy qismida sodir bo‘lgan. Portlash natijasida 6 nafar konchi vayronalar ostida qolib ketgan. Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan.
Voqea joyida qutqaruv operasiyasi davom etmoqda. To‘rt nafar konchi qutqarilib, yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan.