Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Pokistonda ruhiy kasalligi bo‘lgan mahbuslarni qatl qilish taqiqlandi

Pokistonda ruhiy kasalligi bo‘lgan mahbuslarni qatl qilish taqiqlandi

Pokiston Oliy sudi ruhiy kasalliklarga chalingan mahkumlarga o‘lim jazosi berilishini taqiqladi. Qarorda aytilishicha, jazoning mohiyatini tushunmaganlar uchun o‘lim jazosi "adolatli bo‘lmaydi""Agar mahkum ruhiy kasalligi sababli, uning jazosi sabablarini tushunolmasa, u holda o‘lim jazosining ijro etilishi odil sudlovning maqsadlariga mos kelmaydi"deyiladi matnda.

Amalga oshirilgan qatllar soni va o‘lim jazosi ijro etilishini kutayotgan mahbuslar soni bo‘yicha Pokiston yetakchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Xalqaro Amnistiya xalqaro inson huquqlari tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda kamida 4225 kishi o‘lim kamerasida bo‘lgan.

Pokistonning jinoyat kodeksida o‘ldirish va zo‘rlashdan tortib, kufr va zinodan hamda o‘nlab turdagi jinoyatlar uchun o‘lim jazosi belgilangan. 2019 yilda mamlakat sudlari tomonidan 632 dan ortiq o‘lim jazosi chiqarilgan, bu dunyodagi barcha shu kabi hukmlarning shu yilgi 27,3 foizini tashkil etgan.

Kiritildi: 11:45 18.02.2021. O'qildi: 1116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!