Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Pokistonda bank qo‘riqchisi ish boshqaruvchisini o‘ldirdi. Sababi...

Pokistonda bank qo‘riqchisi ish boshqaruvchisini o‘ldirdi. Sababi...

4 noyabr kuni Pokistonning Panjob shtatidagi mahalliy banklardan birida qo‘riqchi bo‘lib ishlaydigan shaxs o‘sha bankning ish boshqaruvchisini otib o‘ldirdi. Qo‘riqchining aytishicha, bank menejeri Muhammad sollollohu alayhi vasallamni haqorat qilgan.

Qo‘riqchining ismi Ahmad Navaz bo‘lib, u hibsga olinayotgan paytda o‘zining payg‘ambarini maqtovchi so‘zlarni aytib baqirgan. Bu yaqin atrofdagi musulmonlarning e’tiborini tortdi. Ular Navazni quchoqlab, uni qo‘llab-quvvatlashgan.

Navaz Xusab shahridagi qamoqxonaga olib kelingan. Shundan keyin ham musulmonlar qamoqxona tashqarisida to‘planib, Navazni qo‘llashlarini bildirishgan.

O‘ldirilgan bank boshqaruvchisi Imron Hanifning oila a’zolari aytishicha, u bunday ishni qilmagan. Chunki, Hanif o‘zining payg‘ambarini yaxshi ko‘rgan.

Islomda payg‘ambarni haqorat qilish kufr hisoblanadi. Pokistonda kufr jiddiy jinoyat bo‘lib, bunday ishni qilganlikda aybdor deb topilganlar umrbod qamoq yoki o‘limga hukm qilinadi. Bu mamlakatda ko‘pincha oddiy aholi vakillari ham kufrda ayblangan odamlarni jazolashadi. Masalan, 2011 yilda kufrda ayblangan ayolni himoya qilgan Panjob hokimi o‘zining qo‘riqchisi tomonidan o‘ldirilgan.

Kiritildi: 14:25 05.11.2020. O'qildi: 2644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!