Pokiston shimolida 27 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus Hind daryosiga qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Gilgit-Baltiston hukumati xabar berdi.
Qolgan yo‘lovchilardan 12 nafari bedarak yo‘qolgan, bir yo‘lovchi esa jarohatlar bilan omon qolgan. Hokimiyatning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, avtohalokat tezlikni oshirib borishi va haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani tufayli sodir bo‘lgan.
Mahalliy Geo telekompaniyasining xabar berishicha, avtobus Pokistonning Chakval tumaniga ketayotgan to‘y kortejining bir qismi bo‘lgan.