Pokiston bir kechada Hindistonning 12 ta uchuvchisiz samolyotini urib tushirganini aytdi. Rasmiylarga ko‘ra , Hindiston hujumlarida bir tinch fuqaro halok bo‘lgan va to‘rt nafar askar yaralangan.
"Bu yalang‘och tajovuz davom etmoqda va qurolli kuchlar yuqori shay holatga keltirilmoqda va biz gaplashayotganimizda ularni zararsizlantirmoqda", dedi Pokiston matbuot kotibi general Ahmad Sharif Choudri.
Hindiston hozircha bu ayblovlarga izoh bermadi.
❕ Kashmirdagi Hindiston-Pokiston chegarasida kuchli otishma ikkinchi kechada davom etdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishmada kamida bir hind askari halok bo‘lgan.