Bu haqda mahalliy polisiya ma’lumotlariga tayanib Reuters xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar avval polisiyachilar harakatlanayotgan transport vositasini qo‘lbola portlovchi moslama bilan nishonga olgan. Portlashdan so‘ng ularga qarata o‘t ochilgan. Hozircha hech bir guruh ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Hujum Xayber Paxtunxva viloyatining Karak tumanida sodir bo‘lgan.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif voqeani keskin qoraladi va mamlakat terrorizmga qarshi kurashni yanada kuchaytirishini ta’kidladi.