Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Pokiston Panjsherni qo‘lga kiritishda ishtirok etdimi?

Pokiston Panjsherni qo‘lga kiritishda ishtirok etdimi?

Pokiston axborot va radioeshittirish vaziri Chaudxari Favad Husayn Panjsher uchun janglarda Pokistonning «Tolibon» tarafida ishtirokini rad etdi, deb xabar beradi Pokiston radiosi.

Bu haqda Chaudxari Favad Husayn VVCga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hind matbuoti video o‘yindan Pokistonning “Tolibon” tarafidagi Panjshirdagi janglarda ishtirokini isbotlash uchun ishlatgan. Vazir hind ommaviy axborot vositalarining bu xabarlarini yolg‘on deb atagan.

Chaudxari Favad Husayn Pokiston idoralararo razvedka xizmati rahbari Fayz Hamidning Kobulga tashrifiga izoh berib aytishicha, Afg‘onistonda rasmiy hukumat bo‘lmaganda, Pokiston razvedkasi Afg‘onistonning haqiqiy hokimiyati bilan norasmiy aloqa o‘rnatmoqda. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Pokiston Afg‘oniston bilan munosabatlarda jiddiy muammolarga ega, jumladan, ISHIDning kengayishi va «Tehrik-e-Tolibon Pokiston» faoliyati, shuningdek, afg‘on qochqinlari muammosi. Uning aytishicha, Pokistonning “Tolibon” bilan aloqasi AQSh va “Tolibon” o‘rtasida muzokaralarni tashkil etishga va minglab odamlarni Kobuldan evakuasiya qilishga yordam bergan.

Vazir ta’kidlashicha, Afg‘onistondagi urushdan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat – Pokiston. Unga ko‘ra, mamlakat 80 ming kishini yo‘qotgan, iqtisodiy yo‘qotishlar esa 150 milliard dollarni tashkil etgan.

Kiritildi: 18:45 08.09.2021. O'qildi: 2915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!