Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Pokiston masjiddagi portlashda Hindistonni aybladi

Pokiston masjiddagi portlashda Hindistonni aybladi

Pokiston muvaqqat hukumati Hindistonning Research and Analysis Wing (RAW) razvedka agentligini joriy yilning 29 sentyabr kuni 57 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumlar ortida turganlikda aybladi. Bu haqda muvaqqat hukumatning ichki ishlar vaziri Sarfaraz Ahmad Bugti ma’lum qildi.

Bugtining aytishicha, hujumlar Mavlud kechasi (Muhammad payg‘ambarning tavallud kuni) uchun Balujiston va Xayber-Paxtunxva viloyatlarida to‘plangan fuqarolarga qaratilgan.

Bugti terror guruhlari va ularning faoliyatini kimlar qo‘llab-quvvatlayotganini yaxshi bilishini va 57 kishining hayotiga zomin bo‘lgan hujumlar ortida RAW turganini aytgan.

Vazir Bugti RAW “Pokiston Toliboni”ni qo‘llab-quvvatlayotganini da’vo qilmoqda. Nyu-Dehli ma’muriyati esa ayblovlarga hozircha javob bermadi.

Kiritildi: 11:28 02.10.2023. O'qildi: 982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!