Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pokiston bosh vaziri: "Pokiston Hindiston tomonidan boshlangan bu urush harakatiga javob berishga haqli"

Pokiston bosh vaziri: "Pokiston Hindiston tomonidan boshlangan bu urush harakatiga javob berishga haqli"

Pokiston Hindiston tomonidan boshlangan bu urush harakatiga qat’iy javob berishga haqli va hal qiluvchi javob allaqachon berilgan.

Bu haqda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, "makkor dushman Pokistondagi beshta aholi punktiga qo‘rqoqcha hujumlar uyushtirgan".

"Butun mamlakat Pokiston qurolli kuchlari ortida turibdi, butun Pokiston xalqining ma’naviyati va ruhi baland. Pokiston xalqi va Pokiston qurolli kuchlari dushmanga qarshi qanday kurashishni biladi. Biz hech qachon dushmanga o‘z qabih maqsadlarida muvaffaqiyat qozonishiga yo‘l qo‘ymaymiz", - dedi Shahboz Sharif.

Eslatib o‘tamiz, Hindiston harbiy-havo kuchlari Pokistondagi fuqarolik infratuzilmasiga bir qator zarbalar berdi. Hujum oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi.

Pokiston tomoni Hindiston agressiyasiga javob choralarini e’lon qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston harbiy-havo kuchlarining ikki qiruvchi samolyoti mamlakat havo hududini buzganidan so‘ng Pokiston osmonida urib tushirilgan. Keyinchalik ma’lumotni Federal axborot vaziri Attaulla Tarar tasdiqladi.

Kiritildi: 03:19 07.05.2025. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!