Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Qo‘shma deklarasiyani imzoladilar.
Bundan tashqari, yetakchilar huzurida quyidagi ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi:
– Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
– O‘zbekiston – Pokiston Ishbilarmonlik kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitim;
– O‘zbekiston – Pokiston hududlararo forumini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma;
– Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimga yangi tovarlar ro‘yxatini kiritish haqida bayonnoma;
– Port xizmatlari va chegirmalar taqdim etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Konchilik va geologiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va rivojlanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Farmasevtika mahsulotlarini nazorat qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– To‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Raqamli va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Buyuk Boburiylar sulolasining ilmiy-ma’rifiy, madaniy va me’moriy merosini asrash, o‘rganish hamda keng targ‘ib qilish to‘g‘risida bitim;
— Sport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Radiasiya va yadro xavfsizligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Ekologiya va tabiiy ofatlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Favqulodda vaziyatlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida shartnoma;
– Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Giyohvandlik vositalari, psixotrop va yangi psixoaktiv moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuv;
– O‘zbekistondan Pokistonga iste’mol qilish uchun yangi uzilgan olma, anjir, limon va achchiq qalampir eksporti uchun fitosanitariya talablari to‘g‘risida bayonnoma;
– ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida “yo‘l xaritasi”.
Shuningdek, O‘zbekiston – Pokiston ekspertlar kengashini tashkil etish, O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Pokiston Sanoat va ishlab chiqarish vazirligi huzuridagi Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish boshqarmasi, Termiz shahri hokimligi va Peshovar shahri ma’muriyati, Samarqand shahri hokimligi va Islomobod shahri ma’muriyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Islomobod strategik tadqiqotlar instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Peshovar universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.