Bugun 6 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pochcha qayinsinglisiga mahram bo‘ladimi?

A A A
Pochcha qayinsinglisiga mahram bo‘ladimi?

Pochcha qayinsingilga nomahram hisoblanadi. Shuning uchun qayinsingil o‘z pochchasi bilan yolg‘iz qolishi mumkin bo‘lmaydi. Alloh taolo marhamat qiladi:

وَأَنْ تَجْمَعُوا بَيْنَ الْأُخْتَيْنِ

«…Ikki opa-singilni qo‘shib (nikohlab) olishingiz (ham harom qilindi)» (Niso, 23).

Agar kishi nikohidagi xotinini taloq qilib, iddasi chiqsa yoki ayoli vafot etsa, uning singlisiga yo opasiga uylanishi mumkin. Hazrat Usmon raziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bir qizlariga uylanganlar. U vafot etganidan keyin ikkinchi qizlariga uylanadilar. Shuning uchun u zotni «Zunnurayn», ya’ni «Ikki nur sohibi» deyiladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
fatvo hay’ati. @diniysavollar

Kiritildi: 04:00 07.10.2020. O'qildi: 9634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!