Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Piskent tumaniga hokim tayinlandi

Piskent tumaniga hokim tayinlandi



Aripov Muzaffar Akbarovich - Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

M. Aripov 1985 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2010 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Piskent tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Yakubov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Bugun shu munosabat bilan Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Kiritildi: 19:50 11.04.2024. O'qildi: 1523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!