Andrea Pirlo boshqarayotgan Italiya klubi Shomurodov uchun kurashga qo‘shildi.
Roma Press nashrining yozishicha, Eldor Shomurodov yoz oxirigacha «Roma»ni tark etadi. O‘zbekistonlik hujumchi «Roma»ning rejalariga to‘g‘ri kelmayapti va o‘tgan mavsum ijarada o‘ynagan «Kalyari»dan qaytganidan buyon uning ketish jarayoni boshlangan.
Il Tempo xabariga ko‘ra, Shomurodovga Italiyadagi jamoalar qiziqish bildirgan va hozirda unga asosan ikki jamoa da’vogarlik qilmoqda.
Gazetaning yozishicha, Shomurodov bilan jiddiy muzokaralar olib borayotgan klub Hellas Verona.
Biroq so‘nggi paytlarda «Sampdoriya» ham o‘zbek hujumchisi uchun poygaga qo‘shilgan va Shomurodovni qo‘shimcha hujumchiga muhtoj bo‘lgan Andrea Pirlo B seriyaga jalb qilmoqchi.