Shimoliy Koreya rahbari “Rossiya xavfsizligi va xalqaro adolat yo‘lidagi” urushda Putin va uning xalqini doim qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
“Men mamlakat xavfsizligi va xalqaro adolat manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi bugungi muqaddas urushda Rossiya g‘alabasiga qat’iy ishonaman. Shuningdek, sizni va qardosh Rossiya xalqini doimo qo‘llab-quvvatlashga va’da beraman”, deyiladi Putinga yo‘llangan maktubda.
Kim Chen In ushbu telegrammani KXDR tashkil topganiga 78 yil to‘lishi munosabati bilan Rossiyadan yo‘llangan tabrikka javoban yuborgan.