Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon keskinlikni kamaytirish uchun G‘arb bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi.
Bu haqda u IRIB telekanali orqali efirga uzatilgan inaugurasiya nutqida aytdi.
«Biz Eron qaysi joyni egallab turganini shu paytgacha tushunib yetmagan davlatlar bilan ziddiyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyormiz», — deyiladi TASS xabarida.