Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Peskov urush "uzoq vaqt" davom etishini ta’kidladi, Podolyak esa bunga javoban urushni qanday qilib "tez" tugatish mumkinligini ma’lum qildi

 Peskov urush "uzoq vaqt" davom etishini ta’kidladi, Podolyak esa bunga javoban urushni qanday qilib "tez" tugatish mumkinligini ma’lum qildi

Bugun brifingda Dmitriy Peskov Kreml jangovar harakatlarni tugatish istiqbollarini qanday baholashi va "maxsus operasiya 2023 yilda yakunlanishi mumkinmi", degan savolga javob berdi.

"Ushbu hisob-kitoblarni maxsus harbiy operasiya bilan shug‘ullanadigan mutaxasislar — Mudofaa vazirligi berishi kerak. Va agar siz urushni keng kontekstda — dushman davlatlar, do‘stona bo‘lmagan davlatlar bilan qarama-qarshilik, bizning mamlakatimizga nisbatan boshlangan gibrid urushni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, bu uzoq vaqt davom etadi. Va bunda bizga qat’iylik, o‘zimizga sodiqlik, maqsadlilik, prezident atrofida birlik kerak", — dedi Rossiya Federasiyasi Prezidentining matbuot kotibi.

Zelenskiy idorasi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak bu bayonotga javob berdi.

“Urushni diplomatiya orqali tugatish mumkin. Agar Rossiya zudlik bilan bosib olingan yerlarni tark etsa. Buning uchun Moskvada qayta ishga tushirish amalga oshirilishi kerak, muzokaralar mavzusi o‘zgarishi kerak. Bunga rus armiyasining yangi mag‘lubiyatlari tufayli erishish mumkin. Qurol-yarog‘ yetkazib berishni ko‘paytirishimiz lozim", — deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.

Kiritildi: 21:09 29.03.2023. O'qildi: 7219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!