Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Peskov: Qrim ko‘prigiga hujumlar xavfi saqlanib qolmoqda

A A A
Peskov: Qrim ko‘prigiga hujumlar xavfi saqlanib qolmoqda

Qrim va Rossiyaning boshqa hududlari xavfsizligini ta’minlovchi barcha xizmatlar Ukraina uchuvchisiz uchoqlariga hujum qilish harakatlarining kuchayishi munosabati bilan zarur choralarni ko‘rmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Federasiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Hududlarimiz xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etayotgan har bir kishi hushyor holatda, chora ko‘rmoqda”, — dedi Kreml vakili Qrimda uchuvchisiz uchoqlarga hujum qilishga urinishlarni izohlar ekan.

Peskovning ta’kidlashicha, “so‘nggi kunlarda Rossiya hududlariga uchuvchisiz samolyotlar yordamida hujum qilishga urinishlar kuchaygan”. “[Rossiya Federasiyasi hududlarini himoya qilish bo‘yicha] chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, juda qizg‘in va kunu tun ish olib borilmoqda”, — dedi Kreml matbuot kotibi. Rossiya prezidenti Vladimir Putindan hujumlar tahdidi bilan bog‘liq qo‘shimcha ko‘rsatmalar bo‘ladimi, degan savolga matbuot kotibi “ularni talab qilish dargumon”, dedi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Qrim ko‘prigiga hujumlar xavfi saqlanib qolmoqda, buning uchun doimiy yuqori hushyorlik talab etiladi.

Kiritildi: 14:45 24.07.2023. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!