Rossiya prezidenti matbuot kotibining ma’lum qilishicha, muloqot mavzusi “Ukraina mojarosini tartibga solish” bo‘ladi.
Dmitriy Peskovning boshqa bayonotlari:
◾️ Suhbat davomida Putin va Tramp o‘rtasida ehtimoliy uchrashuv masalasi ham ko‘tarilishi mumkin;
◾️ Putin va Uitkoff uchrashuvi Rossiya uchun Trampga o‘z xavotirlarini yetkazish imkoniyatidir;
◾️ Uitkoffning Rossiyaga tashrifi yakunida muhim natijalarga erishilishi kutilmayapti;
◾️ Rossiya va AQSh puxta hamda sinchkovlik bilan ish olib bormoqda, tomonlar o‘z pozisiyalarini bir-biriga yetkazishda davom etmoqda.
Avvalroq, Kreml Uitkoffning Rossiyaga kelganini tasdiqlagani haqida xabar bergandik.