Kiyev rejimi Seulni Ukrainadagi mojaroga tortish uchun hamma narsani qilishga urinmoqda.
Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Kursk viloyatidagi Shimoliy Koreya harbiylari haqidagi bayonotlarini izohlar ekan, Moskvadagi muxbir xabariga ko‘ra ma’lum qildi.
"Shimoliy koreyalik askarlar masalasiga kelsak, menda Rossiya prezidentining Qozonda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytganlariga qo‘shadigan hech narsa yo‘q. Kiyev rejimi Seulni Ukrainadagi mojaroga tortish uchun hamma narsani qilishga urinmoqda", - deya ta’kidladi Kreml vakili.