Bugun 20 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Peruning sobiq prezidenti va uning turmush o‘rtog‘i 15 yilga qamaldi

Peruning sobiq prezidenti va uning turmush o‘rtog‘i 15 yilga qamaldi

Peruning sobiq prezidenti Olyanta Umala pul yuvishda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Peru matbuoti xabarlariga ko‘ra, Milliy Oliy sudi Olyanta Umala va uning rafiqasi Nadin Eredia 2006 va 2011 yillardagi saylov kampaniyalari davomida Braziliyaning Odebrecht qurilish kompaniyasi va Venesuela hukumatidan noqonuniy xayriya sifatida taxminan 3 million dollar olgan.

Sudning "hukmni zudlik bilan vaqtincha ijro etish" to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, sud majlisida ishtirok etgan Umala polisiya tomonidan Milliy jazoni ijro etish instituti vakillariga topshirildi.

Umalaning rafiqasi Eredia ham saylov kampaniyasini boshqarishda aybdor deb topilib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

"Ushbu holatda jinoiy daromadlarni legallashtirish jinoyati sodir etilgan. Noqonuniy kelib chiqqan pullarni legallashtirishga qaratilgan turli harakatlar o‘z isbotini topdi", - dedi sudya.

Kiritildi: 12:47 16.04.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!