Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Peruning sobiq prezidenti Alexandro Toledo 20 yilu olti oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Peruning sobiq prezidenti Alexandro Toledo 20 yilu olti oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Ma’lum qilinishicha, Peru Oliy jinoiy sudi 2001-2006 yillarda mamlakat prezidenti lavozimini egallagan Toledoni korrupsiya, fitna va pul o‘zlashtirishda aybdor deb topgan.

Sudya Ines Roxas tomonidan o‘qilgan hukm matnida aytilishicha, "78 yoshli Toledo Okeanlararo avtomagistralning 2 va 3-qismlarini qurish bo‘yicha shartnomani Braziliya kompaniyasiga berib, davlatga zarar yetkazgan".

2023 yilning 24 aprelida AQSh korrupsiyada ayblangan Alexandro Toledoni ekstradisiya qilishga qaror qilgan edi.

2016 yilda Alexandro Toledo AQSh Kaliforniya shtatiga ko‘chib o‘tdi. U yerda Stenford universitetida ishladi. 2019 yilda Toledo Peru rasmiylari iltimosiga binoan hibsga olindi. 2022 yilda Peruga ekstradisiya qilindi va shundan beri tergov hibsxonasida saqlanmoqda. Hukm chiqarilganidan keyin u Lima chekkasidagi Peru sobiq prezidentlari uchun maxsus qurilgan qamoqxonada jazoni o‘taydi.

Kiritildi: 23:45 22.10.2024. O'qildi: 232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!