Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Pentagonda Ukrainaga ajratish uchun qancha pul qoldi?

Pentagonda Ukrainaga ajratish uchun qancha pul qoldi?

Pentagon Rossiyaga qarshi mudofaa urushini olib borayotgan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun qancha mablag‘ qolganini ma’lum qildi. AQSh Mudofaa vazirligi rasmiysi, harbiy-havo kuchlari general mayori Pat Rayder ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, qolgan summa umumiy 9,3 milliard dollarni tashkil etadi. Saylangan prezident Donald Tramp lavozimiga kirishgunga qadar Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish rejalashtirilmoqda. Yangi prezident Ukrainaga mablag‘ ajratilishiga qarshi.

Presidential Drawdown Authority dasturi doirasida 7 milliard dollar qolgan (4,3 milliardi Kongress tomonidan ma’qullangan), 2,2 milliard dollar esa USAI (Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi) bo‘yicha mavjud.

Rayderning so‘zlariga ko‘ra, AQSh apreldan oktyabr oyi o‘rtalariga qadar Ukrainaga va’da qilingan o‘q-dorilarning 83 foizini, havo hujumidan mudofaa vositalarining 67 foizini va boshqa qurollarning 60 foizini yetkazib bergan.

Kiritildi: 10:32 13.11.2024. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!